Yangiliklar

Markazimiz - InternetCA-2025da ishtirok etmoqda!

Hamkasblarimiz yana bir yirik forumda — InternetCA-2025da ishtirok etmoqda!

Bugun Almati shahrida “InternetCA-2025: Erkin jamiyatlar uchun erkin internet” shiori ostida XVI Markaziy Osiyo internet forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir MediaNet tomonidan Yevropa Ittifoqi, YeXHT, n-ost va boshqa hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan. Forumda mintaqaning yetakchi mutaxassislari, jurnalistlari va inson huquqlari himoyachilari internet erkinligi, kiberxavfsizlik va raqamli huquqlar masalalarini muhokama qilmoqda.

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) forumda tajribali ekspertlar jamoasi bilan ishtirok etmoqda:
— Saida Sulaymonova, MJDC direktori, «Kiberxarassmentga qarshi kurash va raqamli huquqlarni himoya qilish» mavzusidagi panelda chiqish qildi;
— Lola Islomova, Anhor.uz bosh muharriri, «Raqamli davrda fikr bildirish va so‘z erkinligi» mavzusidagi muhokamada qatnashdi;
— Dilfuza Mirzaxmedova, FactCheckNet.uz bosh muharriri, kiberxarassmentga qarshi choralar muhokamasiga bag‘ishlangan sessiyada chiqish qildi;
— Madina Tursunova, raqamli huquqlar bo‘yicha yurist va MJDC huzuridagi Yuridik klinika maslahatchisi, «Internetni tartibga solish va uning erkinligini ta’minlash» mavzusidagi panelda qatnashdi.

Forum raqamli erkinlik, mas’uliyat va onlayn xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy muloqot uchun muhim maydonga aylandi.
Bundan tashqari, kecha MJDC vakillari UNESCO tashabbusi bilan o‘tkazilgan MIL Bridge Central Asia forumida ham ishtirok etib, O‘zbekistondagi media va axborot savodxonligini rivojlantirish tajribasini taqdim etishdi.

MJDCning ushbu ikki xalqaro maydondagi faol ishtiroki Markazning ochiq, professional va xavfsiz axborot makonini rivojlantirishdagi muhim rolini yana bir bor tasdiqlaydi.