Yangiliklar

O‘zbekistondagi DW Mediamaktabining ikkinchi moduli muvaffaqiyatli yakunlandi

Tushlikdan so‘ng ishtirokchilar bilan shaxsiy kasbiy muvaffaqiyat tarixi bilan o'rtoqlashish maqsadida Bitiruvchilar hamjamiyati kengashi (Alumni) tashrif buyurdi. Mediamenejerlar guruhi Advisor Pro direktori Madina Tursunova bilan uchrashdi, u raqamli huquqlar va o‘zining kasbiy tarixi haqida gapirib berdi, shuningdek, Saneg tashqi va ichki aloqalar bo‘limi boshlig‘i, mediamaktab bitiruvchisi Nargiza Sharipova bilan uchrashuv o'tkazildi.

🎙 Jurnalistlar guruhida KAR24NEWS nashri direktori Akmal Sirojiddinov, Travel + Leisure Central Asia jurnali bosh muharriri Barno Ikramova va Mediamaktabda tahsil olganidan so‘ng kasbiy muvaffaqiyati tarixi bilan o‘rtoqlashgan Farrux Karimov so‘zga chiqdi.

📌 Ikkinchi modul yakunida an’anaviy yakunlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘z loyihalari va trening davomida erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdilar. Kunni "Bingo-Do‘st" o‘yini natijalarini e’lon qilish bilan yakunladik - bu format ishtirokchilarga yaqinroq tanishish va guruh ichida ijobiy muhit yaratishga yordam berdi. Eng faol va ijodkor ishtirokchilar mediamaktab metsenatlari - Kapitalbank Academy tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, mediamaktabni o‘z ijtimoiy tarmoqlarida eng faol yoritgan ishtirokchilar ham taqdirlandilar.

🚀 Ikkinchi modulni yakunlash ishtirokchilar uchun muhim bosqich bo‘ldi - ularni oldinda yakuniy modul, yangi bilimlar va o‘z medialoyihalarining yakuniy himoyasiga tayyorgarlik kutmoqda.
Yangiliklar