Yangiliklar

☀️ Summer MediaCamp-2025 "MediaStart: raqamli voqelikka sening yo‘ling" talabalar mediaoromgohi muvaffaqiyatli yakunlandi! 🔥

🎁 Sovg‘alar topshirildi, sertifikatlar tarqatildi, ishtirokchilar mamnun, tashkilotchilar esa qoniqarli natijadan xursand! Ushbu mazmunli kunlarda talabalar nafaqat media olamiga sho‘ng‘ishdi, balki do‘stlar orttirdilar, noyob loyihalar yaratdilar va jamoada ishlashni o‘rgandilar.

🎙 O‘z sohasining haqiqiy ustalari bo‘lgan murabbiylar tajriba va bilimlarini saxiylik bilan ulashib, har bir ishtirokchining salohiyatini ochishga ko’maklashdilar.

Yopilish marosimida ishtirokchilar o‘z faolliklari uchun qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi:

1️⃣ Nargiza Hakimova 53 ta koin (faollik belgisi) to‘plab, sovg‘a sifatida milliy sirg‘a va zanjirdan iborat to‘plamga ega bo‘ldi.

2️⃣ Shahobiddin Bo‘riyev 48 koin evaziga stol soatini qo‘lga kiritdi.

3️⃣ Jasmina Ahmedova 44 koin uchun havo namlagichni olishga muvaffaq bo‘ldi.

📌 Taraqqiyot sari intilishingiz uchun barchangizga katta rahmat! Kelgusi tadbirlarda yana ko‘rishguncha!
☀️ Tadbir "Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "EU Tabassum" loyihasi ko‘magida moliyalashtirilmoqda.

😀 "Yevropa Ittifoqi Tabassum: O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Yangiliklar