O‘zbekistondagi DW Mediamaktabining (MSU) yakuniy kuni
🔔 Hozir ishtirokchilar birinchi moduldan boshlab ishlab chiqqan loyihalarini taqdim etmoqdalar. Shu tariqa ular uch oylik ta’lim davomida egallagan ko‘nikmalarini namoyish etishmoqda. Jamoalar navbatma-navbat chiqish qilishmoqda.
💡 Sahnaga birinchi bo‘lib loyihalar bilan jurnalistika guruhi jamoalari chiqdi: 1. Suyukli inson bilan kredit olib ham "Jannat"da yashash 2. IZ 3. Reboot 4. TAQIQCHI.UZ
📊 Menejerlar guruhi quyidagi mavzularda ma’ruza qiladi: 1. ANJIR.JT 2. nuqta. 3. EduLife 4. SHODA.UZ.
👍 Murabbiylar jamoasi taqdimotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda va loyihalarni muhokama qilishda faol ishtirok etib, ishtirokchilarga aniqlashtiruvchi savollar bermoqda.
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaymiz! Finalga yetib kelganingizning o'zi g‘alaba qozonganingizdan dalolat beradi!
🏆 "Jurnalistika" yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi loyiha Suyukli inson bilan kredit olib ham "Jannat"da yashash bo‘ldi; "Mediamenejment" yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi loyiha deb nuqta. tan olindi.
🔥 Ishtirokchilar o‘z loyihalarini yuqori saviyada taqdim etdilar, sovg‘alar va mediamaktabni muvaffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Bundan tashqari, ko‘plab jamoalar o‘z g‘oyalari ustida ishlashni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
✔️ Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida mediamaktab haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, buning uchun ular qo‘shimcha sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
📌 Mediamaktab joriy yilda o‘z faoliyatini yakunlaydi. Murabbiylar jamoasi barcha bitiruvchilarga muvaffaqiyatlar va o‘z tahririyatlarida yangi bilim va ko‘nikmalarni qo‘llashlarini tilaydi.