Yangiliklar

Xaridlarni xavfsiz onlayn amalga oshiring: shaxsiy axborotingizni himoya qiling

Internet-shopping – qulay, tezkor va manfaatli. Biroq, shaxsiy axborotingiz xavfsizligi – Sizning mas'uliyatingiz. Himoyalanishingizga yordam beruvchi bir necha maslahatni keltiramiz:

Ishonchli do'konlarni tanlang. Mahsulotlarni faqat tanish brendlar rasmiy saytlarida va sinalgan internet-do'konlarda xarid qiling. Do'kon haqidagi fikrlarni va sayt manzili "https://"dan boshlanganligini va havfsizlik sertifikatiga ega еkanligini tekshiring.

Ishonchli parollarni qo'llang. Har bir sayt uchun noyob va murakkab parol tanlang. Parolni muntazam o'zgartirib turing va bitta parolni bir necha sayt uchun ishlatmang.

Fishingdan extiyot bo'ling. Shubhali xatlar va xabarlardan havolalar bo'yicha o'tmang. Ma'lumotlarni kiritishdan avval sayt manzilini doim tekshiring va notanish saytlarda shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritmang.

To'lov xavfsiz usullaridan foydalaning. Visa, MasterCard yoki elektron koshelyok kabi xavfsiz usullardan foydalaning. Oldindan to'lashdan qoching va cheklarni va xaridlar haqidagi ko'chirmalarni saqlang.

Ziyrak bo'ling. Xech kimga shaxsiy ma'lumotlaringizni yubormang. Onlayn-xaridlar paytida kompyuter / smartfoningizni qarovsiz qoldirmang. Intuitsiyangizga ishoning: agar nimadir shubhali tuyulsa, tavakkal qilmang.

Аxborotingiz maxfiyligini saqlash – majburiyatingiz. Mazkur maslahatlarga rioya qilsangiz, ma'lumotlaringizni himoya qilishingiz va xavfsiz onlayn-shoppingdan rohatlanishingiz mumkin bo'ladi.
Mediasavodxonlik Hamkor loyihalar