17-aprel kuni Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi “MediaDialog" doirasida navbatdagi ekspertlar uchrashuvini oʻtkazdi. Tadbir “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash: muammolar, yechimlar va medianing o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Sharoit Plus” NNT, “PRAXIS PLUS” MChJ hamda nodavlat tashkilotlar va OAV vakillari faol ishtirok etishdi.
Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan muloqotda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga yollagan ish beruvchilarga beriladigan subsidiyalar va imtiyozlarning ishlashi bilan bog‘liq muammolar, nogironligi bo‘lgan ish izlovchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, mehnat bozorini inklyuziv qilish yo‘llari, inklyuziv bandlikni targ‘ib qilishda OAVning o‘rni hamda ish o‘rinlari yaratishdagi amaliy yondashuvlar va innovatsiyalar kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiyalashuvi, xususan, ularning munosib ish bilan ta’minlanishi yo‘lidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va hamkorlikda yechimlar ishlab chiqish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.