Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan 2022-2025-yillar uchun 16 ta taklifni saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Ulardan 8 tasi hamkor kompaniyalar tomonidan yutib olingan. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda. Lekin tahlillarimizga ko‘ra, xaridlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Jurnalistlar nimani o'rganishdi?
Joriy yilning 13-20-fevral kunlari markaz tomonidan ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tender o‘tkazildi. O‘tkazilgan savdolarda "Lucky Kinder Garten" MCHJ g‘olib bo‘ldi. Shartnoma summasi 2 mlrd 90 mln so‘mni tashkil etadi.
So‘nggi uch yil ichida markaz ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha 16 ta tender o‘tkazgan. Ularning 6 tasida “Best Meals Ta’minot” MCHJ g‘olib chiqqan. Aslida esa bu kompaniya kompyuterlar, periferik qurilmalar va dasturiy ta’minotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi. Shunga qaramay, ushbu davr ichida kompaniya 6,5 milliard so‘mdan ortiq shartnomalarni bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu kompaniya tashkil etilganidan bir oy o‘tgach, markaz tenderida birinchi marta g‘olib chiqdi. U 2022-yil 23-sentyabrda ro‘yxatdan o‘tgazilgan va shu yilning oktyabr oyidayoq yirik tenderda g‘alaba qozongan.
Bizning tahlil
Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, “Lucky Kinder Garten” kompaniyasi 1,7 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni qo‘lga kiritdi. Ba’zi shartnomalarda spetsifikatsiya "Qishloq xo‘jaligi va ovchilik mahsulotlari va xizmatlari" deb ko’rsatilgan bo’lsa, boshqalarida esa "Oziq-ovqat mahsulotlari" sifatida qayd etilgan.

Best Meals Ta’minot HETning Andijon bo‘limi uchun umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha 180 mln so‘mlik bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridga ega.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Best Meals Ta’minot ta’sischilari - Isoqov Xusniddin Srojiddinovich va Isomiddinov Juratbek Muhiddinovich, rahbari - Mahmudjonov Muhammadali Qodirjonovich.
Biroq aynan shu Muhammadali Mahmudjonov "Lucky Kinder Garten"ning yagona egasi hisoblanadi.
Ishtirokchilar malakasi
"Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunning 36-moddasiga muvofiq, ishtirokchilar quyidagi mezonlarga mos kelishi shart:
Shu bilan birga 37-moddaga muvofiq, davlat buyurtmachisi zarurat bo‘lganda mahsulotning (ishning, xizmatning) o‘ziga xos xususiyatlaridan yoki o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar belgilashga haqli.
Ushbu sohaga aloqador bo‘lmagan kompaniyalarning davlat oziq-ovqat xaridlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tender hujjatlarida kompaniya oziq-ovqat sohasida ma’lum tajribaga ega bo‘lishi kerakligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, ovqatlanish sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya, sertifikat yoki ruxsatnomalarga ega bo‘lish talabini majburiy qilib belgilash mumkin.
Biz Iqtisodiyot va moliya vazirligiga so‘rov yubordik va javob kutmoqdamiz.
Dana Oparina

- shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;
- shartnoma tuzish huquqiga ega bo'lish;
- soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning yo‘qligi;
- ularga nisbatan joriy etilgan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi.