Yangiliklar

Uzbekistan Airways xodimlarning yangi formasi uchun qancha mablag‘ sarfladi?

28 - yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘zining 34 yilligi munosabati bilan bort kuzatuvchilari uchun yangi forma kiyimlarini taqdim etdi. Tashqi ko‘rinishning yangilanishi davlat xaridlarining elektron tizimi orqali keng ko‘lamli xaridlar bilan birga amalga oshirildi. Tenderlar tahliliga ko‘ra, faqat 2025–2026-yillarda forma, poyabzal va aksessuarlar uchun kompaniya o‘nlab milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, forma oxirgi 15 yil davomida yangilanmagan. Uniforma/Liboslar dizayni va tikilishi Uzbekistan Airways bilan avval ham hamkorlik qilgan Narimteks (Molto Caldo brendi) tomonidan amalga oshirilgan. Erkaklar kiyimi liniyasi Fahir tekstil savdo (Bugaso brendi) tomonidan ishlab chiqarilgan.

Kostyum va ko‘ylaklar uchun shartnomalar

Tenderlardan biri 2025-yil 22-dekabrda Fahir Tekstil Savdo kompaniyasi bilan taxminan 1 milliard so‘mlik shartnoma asosida tuzilgan. Unga ko‘ra quyidagilar xarid qilindi:

• Pidjaklar - 1,3 mln so‘mdan (300 dona);

• Nimchalar - 196 ming so‘mdan (300 dona);

• Shim - 401 ming so‘mdan (600 dona),

• Kalta yengli ko‘ylaklar - 200 ming so‘mdan (1200 dona).

Barcha narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Avvalroq, 2025-yil may oyida 1,7 mlrd so‘mlik shartnoma tuzilgan bo‘lib, unda ham shunga o‘xshash mahsulotlar — pidjaklar, shimlar hamda uzun va qisqa yengli ko‘ylaklar xaridi nazarda tutilgan:

  • Bir bortli forma pidjaklari (500 dona) - donasi 1,2 mln so‘mdan;
  • Forma shimlari (1000 dona) - donasi 505904 so‘mdan;
  • Uzun yengli forma ko‘ylaklar (1000 dona) - donasi 323680 so‘mdan;
  • Kalta yengli forma ko‘ylaklar (1000 dona) - donasi 304976 so‘mdan.

Eng yirik xaridlar 2025-yil sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytda Narimteks kompaniyasi umumiy qiymati 16,6 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan ikkita tenderda g‘olib chiqqan.

Ular doirasida jaketlar, nimchalar, plashlar, qalin kurtka (puxoviklar), kardiganlar, yubkalar, bluzkalar, ko‘ylaklar, kamarlar, sharflar, ro‘mollar va boshqa forma elementlari xarid qilindi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, to‘q ko‘k rang osmonni, marsala (to‘q qizil) esa yangi tendensiyalarni aks ettiradi.

  • Ko‘k jaket - 300 dona, donasi 838390 so‘mdan;
  • To‘q qizil jaket - 250 dona, donasi 838390 so‘mdan;
  • Ko‘k nimcha - 1550 dona, donasi 639280 so‘mdan;
  • Mavsumiy plash - 1550 dona, donasi 1,1 million so‘mdan;
  • Qishki qavilgan palto - 1550 dona, donasi 1,6 million so‘mdan;
  • Tugmali trikotaj kardigan - 1550 dona, donasi 651780 so‘mdan.

Shuningdek, bort kuzatuvchi ayollarida sharqona mehmondo‘stlik ramzi sifatida “changli atirgul” rangidagi sharflar va adras elementlari bo‘lgan soch qisqichlari paydo bo‘ldi.

  • Palantin sharfi - 1550 dona, donasi 253570 so‘mdan;
  • Yubka - 1550 dona, donasi 479460 so‘mdan;
  • Oq rangli trikotaj qo‘lqoplar - 3100 juft, jufti 60710 so‘mdan;
  • Ayollar kamari - 3100 dona, donasi 253570 so‘mdan;
  • Kasbiy fartuk - 1550 dona, donasi 265170 so‘mdan;
  • Bort kuzatuvchilari-guruh rahbarlari uchun bosh kiyim - 250 dona, donasi 266070 so‘mdan;
  • Oddiy bort kuzatuvchilar uchun bosh kiyim - 1300 dona, donasi 266070 so‘mdan;
  • Bo‘yin ro‘moli (bayramona) - 1550 dona, donasi 75890 so‘mdan;
  • Bort kuzatuvchi-guruh rahbarlari uchun bo‘yin ro‘moli (kundalik) - 500 dona, donasi 75890 so‘mdan;
  • Bort kuzatuvchilar uchun bo‘yin ro‘moli (kundalik) - 2600 dona, donasi 75890 so‘mdan;
  • Ayollar bluzkasi - 6200 dona, donasi 346420 so‘mdan;
  • Ayollar ko‘ylagi - 1550 dona, donasi 678580 so‘mdan;
  • Shim - 1550 dona, donasi 518750 so‘mdan.
Bundan tashqari, 2025-yil 4-dekabrda Narimteks 198 million so‘mlik tenderda g‘olib chiqib, bir donasi 589 286 so‘mdan bo‘lgan 300 dona formali trikotaj nimcha yetkazib bergan.

Poyabzal

Kiyim majmuasi kengaytirilgan bo‘lib, tufli va boshqa tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga oladi. 2026-yil yanvar oyida “Original Shoe Lyuks” kompaniyasi erkaklar - bortkuzatuvchilar va nazoratchilar uchun maxsus poyabzal yetkazib berish bo‘yicha 177,9 million so‘mlik shartnoma oldi. Bir juftining narxi 450 ming so‘mni tashkil etdi.

• Erkak bortkuzatuvchilar uchun maxsus tufli - 300 juft - har jufti 450000 so‘mdan;

• Nazoratchilar guruhi uchun erkaklar yarim botinkasi - 53 juft - bir jufti uchun 450000 so‘mdan.

2025-yil sentyabr oyida ushbu kompaniya ayollar poshnali poyabzalini yetkazib berish bo‘yicha 1,5 milliard so‘mlik tenderda g‘olib chiqqan.
Ustki kiyim va trikotaj

2025-yilning noyabr va oktyabr oylarida Tekstil Libos kompaniyasi umumiy qiymati 2,4 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ikkita shartnoma oldi. Ular bir donasi 2 million so‘mgacha bo‘lgan mavsumiy plashlar va qishki kurtkalarni yetkazib berishni nazarda tutgan.

  • Yechib olinadigan issiq qatlamli mavsumiy forma plashi - 300 dona - donasi 1,7 million so‘mdan;
  • Qishki qavima kurtka - 300 dona - donasi 2 million so‘mdan;
  • Yechib olinadigan issiq qatlamli mavsumiy forma plashi - 507 dona - donasi 1,7 million so‘mdan.

Farqlash belgilari

2026-yil yanvar oyida ADILOV TOXIR ULMASOVICH bilan parvoz xodimlari uchun bosh kiyimlar va nishonlar bo'yicha 641,4 million so'm miqdorida alohida shartnoma tuzildi.

  • Uchuvchi ekipaji uchun formali furajka (UQK) - 250 dona - donasi 625000 so‘m;
  • Uchuvchi ekipaji (ikkinchi uchuvchi) uchun formali furajka - 150 dona - donasi uchun 591000 so‘m;
  • Uchuvchi ekipaji (PIC) uchun yelka farqlash nishonlar (pogonlar) - 1000 dona - donasi uchun 112000 so‘m;
  • Uchuvchi ekipaji (ikkinchi uchuvchi) uchun yelka farqlash nishonlar (pogonlar) - 600 dona - donasi uchun 101000 so‘m;
  • Yeng nishonlari (shevronlar) - 250 juft - donasi uchun 375000 so‘m;
  • Uchuvchi ekipaji (ikkinchi uchuvchi) uchun yeng nishonlar (shevronlar) - 150 juft - donasi uchun 344000 so‘m;
  • Rasmiy/maxsus galstuk - 600 dona - donasi 131000 so‘m.

Yangi imij qanchaga tushdi?

Faqat yuqorida sanab o‘tilgan shartnomalarni hisobga olganda, 2025–2026-yillarda Uzbekistan Airways xodimlari uchun forma xarajatlari 24,36 mlrd so‘mdan (taxminan 2 mln AQSh dollari) oshadi. Bu hisobga ehtimoliy qo‘shimcha yetkazib berishlar va boshqa tegishli xarajatlar kiritilmagan.

Tashuvchi bayonotida aytilishicha: “Uniformani yangilash to‘g‘risidagi qaror aviakompaniyaning brendini mustahkamlash va xizmat ko‘rsatishning zamonaviy xalqaro standartlariga moslashishga qaratilgan strategik rivojlanish doirasida qabul qilindi”.


Dana Oparina
2026-02-02 14:58 EGED