40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlangani rostmi?
Hisobotlarga ko‘ra, 2024-yilda tadbirkorlar tomonidan 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlangan ekan. Bu raqamlar 2024-yil 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida aytilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha “Ish Plus” loyihasi koordinatori Dilmurod Yusupov bilan suhbatimizda mutaxassis ushbu raqamlarga ishonish juda qiyin ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tahririyatimiz 16-dekabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga joriy yil uchun mamlakat hududlari, soha va kasb-hunar bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rab rasmiy so‘rov yubordi. Biroq hozirgi kunga qadar idoradan biror javob olinmadi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga tayanadigan bo‘lsak, 2024-yilning mart oyi holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 755 mingdan ortiq mehmatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi. Ular orasida bandlik darajasi 3,7% (27 935 nafar) ni tashkil etgan. Prezident huzuridagi yig‘ilishda e’lon qilingan ma’lumotlarga tayangan ravishda, joriy yilda 40 ming nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, bandlik darajasining o‘sishi 5,5% ni tashkil qilishi kerak edi (mavjud 3,7% ga qo‘shimcha ravishda).
2023-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, ish bilan band bo‘lganlarning umumiy soni 13,9 million kishini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 % ga o‘sgan.
Rivojlangan mamlakatlarda ishga joylashtirish ko‘rsatkichining yiliga 3-4 % ga o‘sishi keng ko‘lamli islohotlarsiz kamdan-kam uchraydi. Misol uchun, 2023-yilda AQShda nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida bandlik o‘sishi 1,2 % ni tashkil etdi va bu 2008-yilda birinchi marta mos ma’lumotlar yig‘ila boshlaganidan beri eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi hisoblanadi. 2023-yilda nogironligi bo‘lmagan shaxslar bandligining o‘sishi 0,4% ni tashkil etgan.
2008-yildan 2017-yilgacha (9 yil davomida) Polshada bandlik darajasi 5,2% ga oshdi. Ehtimol bunga 1997-yil 27-avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ishga joylashtirish to‘g‘risida”gi qonun tufayli erishilgan. Mamlakatda 2021-yilda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun milliy strategiya ishlab chiqildi. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va chora-tadbirlar bayon etilgan. Strategiya ta’lim, bandlik, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy integratsiya va qulay muhit kabi yo‘nalishlarga qaratilgan.
2024-yilda 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning ishga joylashgani haqidagi ma’lumotlari mustaqil manbalardan tasdiqlashning imkoni yo‘q, ammo yuqoridagi baholardan bu raqamga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak deb xulosa qilish mumkin.