Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida yashil shahar transport koridorini (YShTK) qurish loyihaning texnik-iqtisodiy asosida 131,55 mlrd so‘m (taxminan 10 mln dollar) deb baholangan edi. Bu ma’lumot Tailev loyihasi tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan texnik-iqtisodiy asoslashdan (TIA) olingan. Biroq, amalda rekonstruksiya ishlari 19,2 million dollarga tushgan.
“Hujjatda aytilishicha, YShTK yo‘nalishi Janubiy vokzaldan boshlanib, Mirabad va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida tugaydi. Yangi avtobus yo‘nalishi Toshkentdagi Janubiy va Shimoliy vokzallar o‘rtasidagi koridor bo‘ylab o‘tadi hamda Shota Rustaveli va Oybek ko‘chalarini o‘z ichiga oladi. Asosiy tadqiqot obyekti esa Shota Rustaveli ko‘chasi hisoblanadi”.
O‘tgan yilning sentyabr oyida rekonstruksiya qilingan ko‘cha transport harakati uchun ochildi. Ochilganidan bir oy o‘tgach, bloger Nikita Makarenko asosiy kamchilik sifatida mutlaqo yaroqsiz velosiped yo‘laklari hamda sifatsiz, tez buzilayotgan piyodalar yo‘laklari haqida yozdi.
“Eng muhimi, avtobuslarga joy ajratilsa, ko‘cha harakati to‘xtab qoladi degan gaplar puchga chiqdi. Urbanistik nazariyaning jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar ajratish tirbandlikni kamaytiradi degan qoidasi amalda o‘z isbotini topdi. Ushbu ko‘chaning aholisi sifatida aytishim mumkinki, u yerda doimo to‘polon va tartibsizlik hukm surardi. Avj paytida butun ko‘cha tirbandlikda to’xtab qolardi. Endilikda esa svetofor fazalarining to‘g‘ri rejalashtirilgani va yo‘lovchilarning bir qismi taksidan avtobusga o‘tgani sababli avj paytda u yerda umuman tirbandlik yo‘q. Erkin harakatlanish mumkin. Menimcha, bu asosiy natija va BRT tizimini barcha asosiy ko‘chalarda joriy etish lozim. Undan ham yaxshisi - tramvay”,- deya yozadi bloger.
Makarenko loyihaning kamchiliklarini ham ta’kidladi: uning aytishicha, bular - "moliyaviy shaffofsizlik, samarasiz kommunikatsiya, inson va tadbirkorlar huquqlarining buzilishi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani”.
"Loyiha hujjatlariga (TIA) ko‘ra, hokimiyat qurilishga kirishishdan avval kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishi va barcha manfaatdor tomonlarni aniqlab olishi lozim edi. Tavsiyalar quyidagilardan iborat:
Loyihaning tijoriy yoritilishi haqiqatan ham amalga oshirilgan. Biroq “Toshshahartransxizmat” bu boradagi tenderni o‘tgan yilning sentabr boshida — ko‘cha avtomobillar harakati uchun ochilishidan 20 kun oldin yakunlagan. Xizmatlar qiymati 570 mln so‘mdan ortiq bo‘lib, shartnoma Imkon Proyekt kompaniyasiga berilgan.
2025-2026-yillarga mo‘ljallangan shartnoma doirasida kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi kerak:

- Boshqalarga qaraganda ko‘proq tanqid qiladigan ommaviy axborot vositalari va blogerlarga e’tibor qaratgan holda, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam va ishonchli muloqotni yo‘lga qo‘yish;
- Jamoatchilikka nisbatan ochiq pozitsiyani egallash, loyiha tafsilotlari va rejalar haqida batafsil ma’lumot berish;
- Rejali izchil muloqotni olib borish, rejalar va o‘zgarishlar haqida oldindan xabar berish. Jamoatchilikka xayol surish va o‘ylashga bahona bermaslik;
- Loyihaning pozitsiyalari va asosiy xabarlarini tasdiqlaydigan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy va xalqaro ekspertlar guruhini to‘plash;
- OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarga muloyimlik bilan javob bera oladigan, ammo rasmiy shaxslarni jalb qilmagan holda, o‘z pozitsiyasini faol bildirayotganlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun loyiha menejeri yoki elchisi/advokatining hamjamiyat pozitsiyasini yaratish;
- Media maydonining asosiy ishtirokchilari: mavzuli guruhlar ma’murlari, blogerlar, ixtisoslashgan jurnalistlar bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish, ularni loyihaning maqsadlari va tafsilotlari bilan tanishtirish, kelgusi rejalar haqida xabardor qilish, loyihani yoritishda ularning ko‘magini olish. Lozim bo‘lsa, loyihani tijoriy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishib olish.
Loyihaning tijoriy yoritilishi haqiqatan ham amalga oshirilgan. Biroq “Toshshahartransxizmat” bu boradagi tenderni o‘tgan yilning sentabr boshida — ko‘cha avtomobillar harakati uchun ochilishidan 20 kun oldin yakunlagan. Xizmatlar qiymati 570 mln so‘mdan ortiq bo‘lib, shartnoma Imkon Proyekt kompaniyasiga berilgan.
2025-2026-yillarga mo‘ljallangan shartnoma doirasida kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi kerak:
Hokimiyatiga jurnalistik so‘rov yubordik
Poytaxt hokimiyati ma’muriyatiga quyidagi savollar bilan murojaat yo‘lladik:
1) Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishning amaliy xarajati ($19,2 million) nima sababdan TAILEV loyihasining TIA da ko‘rsatilgan bahodan (131,55 milliard so‘m, taxminan $10 million) deyarli ikki barobar ko‘p bo‘ldi?
2) Loyihaning qimmatlashuviga qaysi aniq xarajat moddalari sabab bo‘ldi va ular qaysi bosqichda qayta ko‘rib chiqildi?
3) Texnik-iqtisodiy asos tasdiqlanganidan so‘ng loyihaga o‘zgartirishlar kiritildimi? Agar shunday bo‘lsa, qachon, kim tomonidan va qanday asosda?
4) Loyiha qiymatining oshishi munosabati bilan texnik-iqtisodiy asosga/TIAga tuzatish kiritildimi yoki qayta ekspertizadan o‘tkaziladimi?
5) Shota Rustaveli ko‘chasidagi YShTK loyihasi bo‘yicha batafsil xarajatlar smetasini e’lon qilish rejalashtirilganmi?
6) Harakat ochilganidan so‘ng piyodalar yo‘laklari, velosipedchilar yo‘llari va obodonlashtirish elementlari bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifati tekshirildimi?
7) Ochilganidan keyin aniqlangan kamchiliklar (buzilayotgan yo‘laklar, sifatsiz velosipedchilar yo‘llari) uchun kim javobgar va pudratchining kafolat majburiyatlari nazarda tutilganmi?
Yakkasaroy tumani hokimiyati tomonidan berilgan javobda loyiha qiymatining oshishi, xarajatlar smetasi yoki sifat nazorati bo‘yicha aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Avvalroq, 2024-yil noyabr oyida KOC CONSTRUCTION MEKANIK ELEKTRIK kompaniyasi Shota Rustavelidagi sayyohlik ko‘chasini tashkil etish uchun ijobiy ekologik xulosa olgani haqida yozgan edik. Toshkent hokimligi kompaniya sayr maydonini loyihalashtirish bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qildi.
Dana Oparina