Yangiliklar

1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestri ishga tushirilmoqda

8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti iyun oyidan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestri ishga tushirilishi to’grisidagi farmonni imzoladi.

Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bilim darajasi va mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi, ish beruvchilar uchun esa elektron reyestr ma’lumotlari bilan tanishish va munosib nomzodni ishga qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari elektron reyestrga kiritilgan shaxslarning bandlik holati monitoringini yuritadi.

Avgust oyidan boshlab "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash tizimi ishga tushiriladi. Bunda tashkilotlar ish o‘rinlarini zaxiralash elektron reyestr ma’lumotlari orqali o‘zlari joylashgan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy holati va imkoniyatlari hamda malaka darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

2025-yil 1-iyundan boshlab Yagona reyestrga tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiritiladi, agar ular:

(a) tijorat tashkilotlari, bu yerda:

  • xodimlarning umumiy sonining kamida 25% nogironligi bo‘lgan shaxslar (kamida 4 nafari),
  • ular kamida 6 oy faoliyat olib bormoqda,
  • ularning ish haqi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 25% tashkil etadi;

(b) kamida 6 oydan buyon faoliyat yuritayotgan nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

2025-yil 1-iyundan:

Elektron kooperatsiya portalida Yagona reyestr ishtirokchilaridan tovar va xizmatlarning davlat xaridlari uchun elektron savdo maydonchasi ishga tushiriladi.

Davlat buyurtmachilari bunday ishtirokchilardan bir shartnoma bo‘yicha qiymati BHMning 10 000 baravarigacha bo‘lgan tovar va xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu maydoncha orqali sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Agar elektron savdoda 48 soat ichida bir nafar ishtirokchi qatnashgan bo’lsa, buyurtmachi:

  • ishtirokchi bilan elektron ravishda savdolashish orqali;
  • davlat xaridlarining boshqa turi asosida xaridni amalga oshirish mumkin;

Ijtimoiy himoya agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili may oyida “Inson uchun” shiori ostida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan hamda ularning ijtimoiylashuviga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Inklyuziv ish beruvchi” mukofoti bilan taqdirlanadi.
EGED