Tarixiy Samarqandning eski mahallasida qurilish olib borayotgan kompaniya haqida nima ma’lum?
Samarqandning tarixiy markazi G‘ijduvon ko‘chasida Imom Abu Mansur al-Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish maqsadida yuzlab uylar buzilmoqda. Huquq himoyachilari bu binolar tarixiy qiymatga ega ekanligini ta’kidlayapti, biroq rasmiylar buni rad etgan. Ularning fikricha, loyihaning amalga oshirilishi noyob mahallaning vayron bo‘lishiga olib keladi. Loyihani amalga oshirish Samarqandning tarixiy qismida 220 ta turar va noturar joy binolarini buzishni nazarda tutadi. Renderlarga ko‘ra, qurilish bilan “Sam Texno Stroy Invest” kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Biz ushbu kompaniya haqida nimalar ma’lumligini aniqlashga qaror qildik.
Samarqanddagi "Obod maskan" mahallasida qurilish ishlari
2023-yil aprel oyidagi ekologik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, "SAM TEXNO STORY INVEST" MChJ (xulosada tashkilot nomi xato yozilgan) Samarqand shahrining "Obod maskan" mahallasida zamonaviy loyiha asosida ko‘p qavatli turar joy binosi qurishni rejalashtirmoqda.
Loyihaga muvofiq, qurilish maydonida zamonaviy loyiha asosida bolalar bog‘chasi, ko‘p qavatli turar joy binosi, chiqindilarni yig‘ish maydoni, avtomobillar to‘xtash joyi qurilishi, aloqa tarmoqlari va ichki kanalizatsiya tizimlarini o‘tkazish, shuningdek, hududni obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.
Xulosada qurilish jarayonida obyekt hududidagi mavjud daraxtlarni kesish yoki shikastlantirishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan. Zarurat tug‘ilganda, ularni kesish shahar hokimiyati va boshqarmasining xulosasi asosida amalga oshirilishi shart, aks holda qurilish ishlari olib borish man etiladi.
Biz Samarqand hokimligiga ma’lumot taqdim etilishi bo‘yicha so‘rovnomalar yo‘lladik.
2023-yilning aprel va 2025-yilning aprel oralig’idagi faoliyat
Tenderlar
Kompaniya 2022-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda umumiy qiymati 59,4 milliard so‘mlik 19 ta tenderda g‘olib chiqqan. Eng yirik tender kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan Samarqandda emas, balki Toshkentda amalga oshirilgan. Mazkur kompaniya Green Universityning 3-bosqich rekonstruksiyasini 12,4 milliard so‘mga, 2-bosqich rekonstruksiyasini esa 9,2 milliard so‘mga amalga oshirgan.
Shunday qilib, “Sam Texno Stroy Invest” kompaniyasining faoliyati Samarqandning tarixiy qismidagi bitta bahsli loyihadan ancha keng ko‘lamni qamrab oladi.