Yangiliklar

Raqamli asr qonunchiligi: O‘zbekiston texnologik kelajakka qanday tayyorlanmoqda?

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va sun’iy intellektning hayotimizga kirib kelishi butun dunyoda huquqiy tartibga solishning yangi modellarini ishlab chiqishni talab etmoqda. O‘zbekiston ham ushbu global jarayonlardan chetda qolmagan holda, innovatsiyalar va xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga intilmoqda. Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan press-turda aynan mana shu strategik maqsadlar, o‘tgan yildagi qonunchilik faoliyati sarhisobi va kelgusi rejalar ochiqlandi.

Ochiq muloqotda sun’iy intellektning huquqiy "pasporti" hisoblangan yangi qonun loyihasi, deputatlar ishini yengillashtiruvchi SI-tizimlari hamda YouTube monetizatsiyasi bilan bog‘liq iqtisodiy masalalar haqidagi savollarga javob oldik. Qonun chiqaruvchilar innovatsiyalar va shaxsiy daxlsizlik o‘rtasidagi muvozanatni qanday ta’minlashmoqchi? Raqamli iqtisodiyot va xalqaro platformalar bilan integratsiya jarayonlari qanday kechadi? Ushbu savollarga mutasaddilar tomonidan berilgan batafsil javoblar bilan videoda tanishing.
EGED Yangiliklar Hamkor loyihalar