O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini amalga oshirish bo‘yicha mamlakatning dastlabki hisobotiga muqobil hisobot taqdim etdi. Ushbu hisobotda qonunchilikda ish joyida nogironlik bo‘yicha kamsitishni taqiqlovchi qonun yo’qligi, mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda tibbiy ko‘rikdan o’tkazilishi, hamda ularni majburiy ishga joylashtirish uchun belgilangan/ajratilgan uch foizlik kvotaning amalda ishlamayotgani qayd etilgan.
Nogironlik bo‘yicha kamsitishni taqiqlovchi maxsus qoida yo’q
Hisobotda qayd etilishicha, Mehnat kodeksining yangi tahrirda bandlikning barcha shakllariga, shu jumladan, ishga qabul qilish, yollash va bandlik shartlari, ish joyini saqlab qolish, xizmat bo‘yicha ko‘tarilish, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlariga taalluqli barcha masalalarda nogironlik bo‘yicha kamsitishni taqiqlovchi maxsus norma mavjud emas.
Garchi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning 42-moddasida “Mehnatga oid munosabatlarining barcha shakllarida, jumladan, ishga qabul qilish, yollash, mehnat faoliyatini amalga oshirish, ish joyini saqlab qolish, lavozim bo‘yicha ko'tarilish shartlariga, hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash masalalarida nogironlik bo‘yicha kamsitish taqiqlanadi” deyilgan bo‘lsa-da, amaliyotda ish beruvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari buzilgani uchun ularni javobgarlikka tortishning deyarli imkoni yoq, chunki bunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy yoki boshqa turdagi javobgarlik choralari nazarda tutilmagan, deya qayd etadi Assotsiasiya.
Shu sababli Assotsiatsiya Mehnat kodeksiga bandlikning barcha shakllariga, shu jumladan ishga qabul qilish, yollash va bandlik shartlari, ishni saqlab qolish, lavozimda ko‘tarilish, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlariga taalluqli barcha masalalarda nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishni taqiqlovchi moddani kiritishni tavsiya qiladi.
Bundan tashqari, Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, ya’ni nogironligi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi o‘zgartirishlar kiritishni tavsiya qiladi.
Ishga qabul qilishda tibbiy ko‘riklar
Mehnat kodeksining 426-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilinishidan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Ishga qabul qilinganidan so‘ng ham ular har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlari ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
"Bizning fikrimizcha, ushbu qoida nogironlik bo‘yicha kamsitish hisoblanadi, chunki bu barcha xodimlarga emas, balki faqat nogironligi bo‘lgan shaxslarga taalluqli, bundan tashqari, hech bir ish beruvchi o‘z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o’tish uchun mablag to‘lamaydi, chunki bu ular uchun ortiqcha yukdir," - deyiladi hisobotda.
Mehnat kodeksining 429-moddasida nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga faqat tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalari bilan bunday ishlar taqiqlanmagan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi, ya’ni har bir xizmat safariga yuborilishidan oldin nogironligi bo‘lgan xodim tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyanomasini olishi shartligi belgilangan. Bunday vaziyatda ish beruvchiga nogironligi bo‘lgan xodimini biron bir xizmat safariga yubormaslik osonroq.
"Ishga qabul qilinayotgan nogironligi bo‘lgan shaxsdan ushbu lavozimda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ruxsatnomasi (‘mehnat tavsiyanomalari)ni taqdim etish talabi uning ishga joylashish ehtimolini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Ushbu talab nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishdir”,- deyiladi hisobotda.
Shu sababli Assotsiatsiya Mehnat kodeksining 426 va 429-moddalarini chiqarib tashlashni tavsiya qiladi, chunki ular nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish elementlarini o’z ichiga oladi.
Uch foizlik kvota amalda ishlamaydi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni majburiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha 3 foizlik kvota amalda deyarli ishlamaydi va ularning bandligini hal qilish masalalarida hech qanday samara bermaydi, chunki nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha samarali strategiya mavjud emas, deya ta’kidlaydi Assotsiatsiya.
Hisobotda ta’kidlanishicha, korxona va tashkilotlar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni 3 foizli kvota bo‘yicha majburiy ishga joylashtirish talablarining bajarilishi yuzasidan zarur davlat nazorati o‘rnatilmagan.
"Ko‘plab ish beruvchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha majburiy 3 foizlik kvota haqida umuman bilmaydi.N ogironligi bo‘lgan shaxslarga kvota asosida ish o‘rinlari berish majburiyatini bajarmaslik BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (2,45-4,9 mln so‘m) miqdorda ma’muriy jarima solishga, majburiyatni ko‘rsatilgan yil davomida takroran bajarmaslik esa BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (4,9-7,35 mln so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 3 foizlik kvotaga rioya qilmaganlik uchun jarima sanksiyalari juda past, bundan tashqari, bu sanksiyalar amalda qo‘llanilmaydi."
Assotsiatsiya davlat sektorida nogironlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha strategiya va dastur mavjud emasligini ta'kidlaydi. Davlat sektorida nogironligi bo‘lgan shaxslarning 1 foizdan kamrog‘i ish bilan ta’minlangan bo‘lib, har yili mingdan ortiq nogiron yoshlar oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasining 2 foizi hisobidan oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlamoqda. Lekin ularning atigi 2-3 foizi ish bilan ta’minlanmoqda.
Shu sababli, Assotsiatsiya nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirishning yangi mexanizmini, shu jumladan uning amalga oshirilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini qayta ko'rib chiqishni va joriy etishni tavsiya qiladi.
Bundan tashqari, Assotsiatsiya nogironligi bo‘lgan shaxslarni, jumladan, davlat sektorida ish bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini qabul qilishni, unda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasining 2% hisobidan davlat granti bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan nogironligi bo’lgan yoshlarni ishga joylashtirishga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.
Tadbirkorlar nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirishdan manfaatdor emas
Hisobotda qayd etilishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilayotgan korxonalar uchun rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralari juda zaif va samarasiz. Natijada, tadbirkorlar ularni ish bilan ta’minlashga katta qiziqish bildirmaydi.
Shu sababli, Assotsiatsiya davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar olish mezonlaridan biri sifatida korxona yoki tashkilotning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashga oid qonun talablarini bajarishini belgilashni tavsiya etadi.
Ishsizlik nafaqasi
Assotsiatsiya ta’kidlashicha, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan va rasman ishsiz deb tan olinadigan shaxslar qatoriga kirmaydi.
“Ushbu holat nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish hisoblanadi, chunki u nogironligi bo‘lgan shaxslarni boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishsizlik nafaqasini olish imkoniyatini istisno qiladi”.
Shu sababli Assotsiatsiya “Aholini bandlik bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga o‘zgartirish kiritib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, jumladan, I va II guruh nogironlarini, ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega va rasmiy ravishda ishsiz deb tan olinadigan shaxslar ro‘yxatiga kiritishni tavsiya etadi.
Shuningdek, Assotsiatsiya XMTning 159-sonli “Nogironlarni kasbiy reabilitatsiya qilish va bandligi to‘g‘risida”gi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishni tavsiya etadi.
Dana Oparina