Iqtisodiy jurnalistika akseleratoriga qabul boshlandi!
Professional jurnalist va iqtisodchi-tahlilchilarni ikkinchi marta o‘tkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori intensiv treningiga taklif qilamiz!
Agar sizda 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi bo‘lsa va iqtisodiy islohotlarni ma’lumotlar orqali chuqur tahlil qilishni istasangiz, bu dastur siz uchun.
"Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar mas’uliyatini kuchaytirish" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori — bu ma’lumotlar jurnalistikasi va iqtisodiy tahlilning eng kuchli jihatlarini birlashtirgan 3 kunlik noyob trening.
Dastur davomida siz: • Ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlashni o‘rganasiz; • Ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya (grafik, diagramma) qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz; • Raqamlarni "gapirtirib", ma’lumotlarga asoslangan kuchli hikoyalar va tahliliy materiallar yaratishni mashq qilasiz; • O‘zingizga sherik bo‘lgan jurnalist yoki iqtisodchi-tahlilchi bilan birgalikda amaliy loyiha ustida ishlaysiz.
Kimlar ishtirok etishi mumkin? Anketani to‘ldiring, eng munosib 20 nafar ishtirokchi saralab olinadi: — 10 nafar jurnalist, — 10 nafar iqtisodchi-tahlilchi.
Saralangan ishtirokchilar dastur davomida juftliklarga bo‘linib, birgalikda loyihalar tayyorlashadi. Bu jurnalist va tahlilchi hamkorligini kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyat!