Yangiliklar

Iqtisodiy jurnalistika akseleratoriga qabul boshlandi!

Professional jurnalist va iqtisodchi-tahlilchilarni ikkinchi marta o‘tkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori intensiv treningiga taklif qilamiz!

Agar sizda 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi bo‘lsa va iqtisodiy islohotlarni ma’lumotlar orqali chuqur tahlil qilishni istasangiz, bu dastur siz uchun.

"Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar mas’uliyatini kuchaytirish" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Iqtisodiy jurnalistika akseleratori — bu ma’lumotlar jurnalistikasi va iqtisodiy tahlilning eng kuchli jihatlarini birlashtirgan 3 kunlik noyob trening.

Dastur davomida siz:
• Ochiq ma’lumotlar manbalari bilan ishlashni o‘rganasiz;
• Ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya (grafik, diagramma) qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz;
• Raqamlarni "gapirtirib", ma’lumotlarga asoslangan kuchli hikoyalar va tahliliy materiallar yaratishni mashq qilasiz;
• O‘zingizga sherik bo‘lgan jurnalist yoki iqtisodchi-tahlilchi bilan birgalikda amaliy loyiha ustida ishlaysiz.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Anketani to‘ldiring, eng munosib 20 nafar ishtirokchi saralab olinadi:
— 10 nafar jurnalist,
— 10 nafar iqtisodchi-tahlilchi.

Saralangan ishtirokchilar dastur davomida juftliklarga bo‘linib, birgalikda loyihalar tayyorlashadi. Bu jurnalist va tahlilchi hamkorligini kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyat!

Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/qa9M2QE3z7zsCjwh6
Ariza topshirishning oxirgi kuni: 20-oktyabr

Trening sanasi: 2025-yil, 4-6-noyabr
Joy: Toshkent shahri
EGED