Yangiliklar
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi Jurnalistika bo‘yicha mentor izlamoqda!
📌
Asosiy vazifalar:
• Jurnalistlar jamoalariga mavzu tanlash va ma'lumotlar yig‘ishda yordam berish;
• Ochiq manbalar va tahliliy bazalardan ma’lumotlarni izlash hamda ishonchliligini tasdiqlash;
• Ma'lumotlarni tahlil qilish va asosiy xulosalarni chiqarish;
• Grafikalar va diagrammalar yaratish uchun vizualizatsiya vositalarini tanlash, ulardan foydalanishga ko‘maklashish;
• Strukturali va jurnalistik standartlarga mos materiallar tayyorlashda yordam berish;
• Kontentni turli platformalar uchun moslashtirish va nashr qilishga tayyorlash.
➡️
Talablar:
• Jurnalistika, ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
• Murakkab mavzularni sodda va tushunarli qilib tushuntirish qobiliyati;
• Zamonaviy jurnalistika vositalarini (Flourish, Datawrapper va boshqalar) bilish;
• O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish;
• Xalqaro loyihalarda ishlash tajribasi afzal ko‘riladi.
📍
Ish manzili:
Toshkent shahri
Ishni boshlash:
2025-yil 1-mart, 3 oy
Hujjat topshirish:
2025-yil 20-yanvar soat 18:00 gacha
Vakansiya haqida to‘liq ma'lumot bu yerda:
https://docs.google.com/document/d/1yJc5GgezWBw8EAgyV0xPVgnGKNdZFzLO/edit?usp=sharing&ouid=108899467819980713291&rtpof=true&sd=true
Rezyumeni yuborish:
cdmjuz@gmail.com
2025-01-10 17:12
EGED