Yangiliklar

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi Jurnalistika bo‘yicha mentor izlamoqda!

📌 Asosiy vazifalar:

• Jurnalistlar jamoalariga mavzu tanlash va ma'lumotlar yig‘ishda yordam berish;

• Ochiq manbalar va tahliliy bazalardan ma’lumotlarni izlash hamda ishonchliligini tasdiqlash;

• Ma'lumotlarni tahlil qilish va asosiy xulosalarni chiqarish;

• Grafikalar va diagrammalar yaratish uchun vizualizatsiya vositalarini tanlash, ulardan foydalanishga ko‘maklashish;

• Strukturali va jurnalistik standartlarga mos materiallar tayyorlashda yordam berish;

• Kontentni turli platformalar uchun moslashtirish va nashr qilishga tayyorlash.

➡️ Talablar:

• Jurnalistika, ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;

• Murakkab mavzularni sodda va tushunarli qilib tushuntirish qobiliyati;

• Zamonaviy jurnalistika vositalarini (Flourish, Datawrapper va boshqalar) bilish;

• O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish;

• Xalqaro loyihalarda ishlash tajribasi afzal ko‘riladi.

📍Ish manzili: Toshkent shahri

Ishni boshlash: 2025-yil 1-mart, 3 oy

Hujjat topshirish: 2025-yil 20-yanvar soat 18:00 gacha

Vakansiya haqida to‘liq ma'lumot bu yerda: https://docs.google.com/document/d/1yJc5GgezWBw8EAgyV0xPVgnGKNdZFzLO/edit?usp=sharing&ouid=108899467819980713291&rtpof=true&sd=true

Rezyumeni yuborish: cdmjuz@gmail.com
EGED