Nogironligi boʻlgan shaxslar qanday ish bilan ta'minlandi: kam maoshli kasblar va gender nomutanosibligi
2024-yilda tadbirkorlar tomonidan 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlangan. Ushbu raqamlar 2024-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilindi. Avvalroq biz bunday ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini tahlil qilgan edik.
Biz 2024-yilda Toshkent shahrida 1524 nafar aholi borligi, shundan 1449 nafari erkaklar, 75 nafari ayollar ekanligi haqida ma’lumot oldik. Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan ayollar ko‘pincha farrosh (13,3%), tikuvchi (9,33%), kassir (5,33%) kabi kam maoshli va past malakali lavozimlarni egallaydilar.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni eng ko‘p ish bilan ta’minlagan korxona TEMIRYO‘LINFRATUZILMA bo‘ldi. Yetakchilar orasida turli sohalardagi yirik kompaniyalar ham bor, jumladan, moliya sohasida-Kapitalbank, Infinbank, Orient Finans Bank, energetika sohasida -Sanoat Energetika Guruhi, Veolia Energy Tashkent va ishlab chiqarish sohasida - Artel Electronics Manufacturing, Betlis Tekstil.

Kasblar bo‘yicha tahlil qilinganda, asosan savdo, ishlab chiqarish va jismoniy mehnat bilan bog‘liq mutaxassisliklar ustunlik qiladi. Fuqarolik - huquqiy shartnomalar orqali yuqori bandlik esa ish barqaror emasligidan dalolat berishi mumkin.

Maosh masalasiga kelsak, 2024-yil sentabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 579 nafar kishining daromadi nolga teng bo‘lgan. Bu ularning bepul ishlaganini yoki ularning daromad ko‘rsatkichlari yoqligini anglatishi mumkin. 161 nafar xodim 2 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha maosh oladi, aksariyat maoshlar 1-8 mln so‘m oralig‘ida, juda kam foiz xodimlar 12 mln so‘mdan ortiq maosh oladi (taxminan 10 kishi). Umuman olganda, nogironligi bo‘lgan shaxslar asosan kam haq to‘lanadigan sohalarda ishlaydi.
9 oylik ish haqi ma’lumotlariga ko‘ra, 594 nafar kishi 11 ming so‘mdan 556 ming so‘mgacha maosh olgan.

Toshkentda inklyuziv bandlikning rivojlanishi hududlar bilan uzviy bogliq. Mavjud ma’lumotlarda shahar tarkibidagi 12 tumandan faqat 9 tasi ko’rsatilgan, shu bilan birga, markaziy tumanlarda bandlik darajasi yuqori, chekka hududlarda esa sezilarli darajada past.

Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ish bilan ta’minlanganlar soni ortib bormoqda, biroq kam maosh to’lanadigan kasblar va beqaror mehnat shartnomalari ustunlik qiladi. Nogironligi bo‘lgan ayollar asosan past malakali sohalarda ishlaydi, shuningdek, Toshkentning turli hududlarida bandlik darajasi sezilarli farq qiladi.
Dana Oparina