Yangiliklar

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ sanktsiyalarga uchragan Rossiya kompaniyalaridan 1,2 million dollarlik tovarlar va xizmatlarni sotib oldi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ sanksiyalar ostida qolgan Rossiya kompaniyalaridan 121,15 mln rubldan ortiq ($1,2 mln) tovar va xizmatlarni harid qilgan. Shu jumladan, eng yirik shartnoma 90 million rubllik bo’lib, u "Promelektronika" Ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan tuzilgan.
Bu shartnoma 2024-yil dekabr oyida imzolangan bo’lib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ushbu mablag’ evaziga quyidagilarni harid qilgan:
• Polga o‘rnatiladigan elektron modullar
• Yo‘l datchiklari
• Boshqaruv va himoya platalari
• Safar parametrlarini qayd qilish kassetalari
• Interfeys o‘quvchi qurilmalar
Ukraina 2023-yil aprel oyida "Promoelektronika" Ilmiy-ishlab chiqarish markaziga qarshi sanksiyalar kiritdi.
"ROSSIYA TEMIR YO'LLARI" OAJ
"O‘zbekiston temir yo‘llari" "RTY” OAJdan 31,15 million rubldan ortiq summaga xizmatlarni sotib oldi. Eng yirik xarid esa 2023-yil iyul oyida 16 million rubllik shartnoma bo‘ldi. Shartnoma doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" texnik xizmat ko‘rsatish, dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash xizmatini oldi.

2024-yil may oyida 5,5 million rubl miqdoridagi boshqa shartnoma doirasida AJ axborot texnologiyalarini texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini oldi, jumladan:
  • Yuk vagonlarining inventar parki bo‘yicha raqamli hisobot yuritish
  • Boshqa davlatlarga tegishli yuk vagonlaridan foydalanganlik uchun to‘lov hisob-kitobi
  • Konteynerlarning inventar parkining raqamli hisobini yuritish va boshqa xizmatlar.
Shunga o‘xshash shartnoma 2024-yil sentabr oyida tuzilgan bo‘lib, u ham 5,5 million rublni tashkil etgan va axborot texnologiyalari sohasidagi dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan edi.
2024-yil iyul oyida “O’TY” AJ axborot texnologiyalari mahsulotlariga litsenziyalar taqdim etish xizmati bo‘yicha 2,7 million rubl miqdorida shartnoma tuzadi.
2024-yil aprel oyida 1,35 million rubl evaziga axborot texnologiyalari sohasida dasturiy ta’minot xarid qilindi.
Nihoyat, 2024-yil noyabr oyida "O‘TY" AJ "Ekspress-3" avtomatlashtirilgan axborot tizimining normativ-ma’lumot bazasini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun 131 ming rubl to‘ladi.
Yevropa Ittifoqi 2022-yil 26-fevralda RTY ga qarshi sanksiyalar kiritdi. O‘shanda davlat kompaniyasi Kanadaning, bir oydan so‘ng esa Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. 2022-yil iyul oyida RTY sanksiyalar "kompaniyalarga ijtimoiy ahamiyatga ega va gumanitar funksiyalarni bajarishga to‘sqinlik qilayotgani, biznes yuritishga to‘sqinlik qilayotgani va rossiyaliklarga nisbatan kamsituvchi ekanligini" ta’kidladi.
Siyosatshunos Temur Umarovning fikricha, "O‘zbekiston temir yo‘llari" sanksiya ostidagi kompaniyalardan uskunalar sotib olgani uchun ikkilamchi sanksiyalarga tushmaydi.
"Uskunalarni sotib olish sanksiya ostidagi faoliyat hisoblanmaydi. Ammo agar AQShda yoki umuman g‘arbda "O‘TY"ni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shishni xohlaydigan qaror qabul qiluvchilar topilsa, ular tanqid qiladigan narsa topishadi. "O‘TY" uskunalarni sotib olish orqali bilvosita "RTY"ning foydasini oshiradi, "RTY" soliqlarni to‘laydi va foydani ko‘paytiradi, deb tanqid qilish mumkin. Shunga ko‘ra, "O‘TY" sanksiya ostidagi kompaniyaning daromad olishiga va bu mablag'/daromad Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini homiylik moliyalashtirishga yo’naltirilishiga ko’maklashmoqda. Istaganda, bu bilvosita ikkilamchi sanksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin."
Temur Umarov Markaziy Osiyoda Rossiya korxonalari bilan shartnomalar tuzgan tashkilotlarni aniqlash bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilarni ko’rmasligini aytdi.
“Men hatto O‘zbekiston Rossiya korxonalariga yetarlicha katta miqdorda yetkazib berayotgan paxta ishlab chiqarish haqida gapirmayapman. Bu paxta keyinchalik porox ishlab chiqarishda qo‘llaniladi va bu Ukrainaga bostirib kirish bilan bevosita bog‘liq yirik mavzulardan biridir.”
Siyosatshunosning aytishicha, bu tashkilotlarga hali sanksiyalar qo‘yilmagan. “Rossiyaga bevosita homiylik qilayotgan yoki urushda yordam berayotgan deb atash qiyin bo’lgan tashkilotlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi.”
Bu, O‘zbekiston kompaniyalarining sanksiyaga uchragan Rossiya kompaniyalaridan mahsulot va xizmatlar harid qilayotgan birinchi holat emas. Xususan, 2024-yil iyun oyida Toshkent metropoliteni AQSH sanksiyalari ostida qolgan Rossiyaning "Metrovagonmash" kompaniyasidan poyezdlar sotib olayotgani haqida хabar bergan edi.
Dana Oparina
EGED