Streetpark Systems kompaniyasi Toshkent shahridagi avtoturargohlar joylarini boshqarish, ularni avtomatlashtirish va jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan foydalanilishini ta’minlash uchun dasturiy ta’minotni yaratish, texnik qo‘llab-quvvatlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovida g‘olib bo‘lgan.
Tanlov 2024-yil 29-dekabrda, ya’ni kompaniyaga Toshkent ko‘chalarida pullik avtoturargohlarni tashkil qilish huquqi berilganidan 12 kun o‘tib o‘tkazilgan.
Tanlov komissiyasining 8 nafar a’zosining barchasi “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ vakillari bo‘lgan.

Ammo “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasiga ko‘ra, xarid komissiyasi toq sonli a’zolardan tashkil topadi. Komissiyaning tarkibi va a’zolari soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bog‘liq bo‘lib, qonun hujjatlariga hamda xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat)ning o‘ziga xos xususiyatlariga asosan o‘zgartirilishi mumkin.
Streetpark Systems 6,7 mlrd so‘m taklif qilgan bo‘lsa, Rossiyaning “Intermobility” korxonasi 7,1 mlrd so‘m taklif qilgan. “Intermobility” kompaniyasi zaxira ijrochisi sifatida belgilangan. "Intermobility.EVA" (kompaniyaning STIR bo‘yicha ko‘rsatilgan rasmiy nomi) ta’sischisi "INTERMOBILITY" DK AJ, rahbari - Martyushov Ilya Igorevich.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga ko‘ra, xarid tartib-taomillarining ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan, davlat xaridlarini bajarish uchun nomzod sifatida xarid tartib-taomilida ishtirok etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Moliyalashtirish manbai sifatida Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘rsatilgan. Biroq lot bo‘yicha shartnoma hali ham biriktirilmagan. Shu bilan birga, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga ko‘ra, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligi davlat xaridlari haqidagi ma’lumotlarni maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali ta’minlanadi. Bu esa tegishli davlat organlari, davlat xaridlari subyektlari va jamoatchilikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq, o‘z vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini beradi.
Avvalroq, 2024-yil 12-dekabr kuni 4 ta kompaniya ishtirok etgan tanlovda 2 tasi tanlanishi kerak edi, ammo tanlov o‘tkazilmay qolgan. Codetech Agency, TAD Industries va Intermobility texnik bosqichdan o‘tolmagan. Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga qaraganda, bu tanlov takroran o‘tkazilganmi yoki yo‘qmi - noma’lum.
Biz Iqtisodiyot va moliya vazirligiga so‘rov yubordik va quyidagi savollarga javob kutmoqdamiz:
Dana Oparina

- Streetpark Systems kompaniyasi bilan shartnoma imzolanganmi, chunki u hali ham lotga biriktirilmagan ekan?
- Nima uchun tanlov komissiyasi tarkibida faqat “Toshkent Invest Kompaniyasi” vakillari bo‘lgan?
- Rossiyalik kompaniya nima asosda tanlovda qatnashgan?
- Dastlabki 4 ta kompaniyadan 2 tasini tanlash bo‘yicha takroriy tanlov bo‘lganmi?
Dana Oparina