So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda bog‘chalar soni 8 baravarga ortib, 39 mingdan oshdi, qamrov darajasi esa 2026-yil boshiga kelib 80 foizga yaqinlashdi. Ushbu raqamlar bir qarashda katta yutuqdek ko‘rinsa-da, muhim bir savol ochiq qolmoqda: miqdor ortishi sifatni ham kafolatlayaptimi? Iqtisodiy jurnalistika akseleratori ishtirokchilari — Ozod Mas’ul va Olim Hasanboyev maktabgacha ta’lim tizimidagi ushbu o‘sish dinamikasi va uning ortidagi tizimli muammolarni raqamlar prizmasidan tahlil qilishdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tizimdagi kengayish asosan nodavlat sektor (xususiy va oilaviy bog‘chalar) hisobidan amalga oshmoqda, biroq nazorat mexanizmlarining mukammal emasligi bolalar xavfsizligiga tahdid solyapti.
"Maktabgacha ta’lim qamrovi so‘nggi yillarda oshgan bo‘lsa-da, sifat masalasi hamon og‘riqli bo‘lib qolmoqda. Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish holatlari va o‘tkazgan izlanishlarimiz sohada nafaqat son, balki sifat nazorati ham o‘ta muhimligini ko‘rsatdi.
Materialni tayyorlashda ikki tomonlama qiyinchilikka duch keldik: bir tomondan davlat idoralari ma’lumotlarni ochiq va to‘liq taqdim etmagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ota-onalar andisha qilib, mavjud kamchiliklar haqida gapirishni istashmadi. Faqat maqsadimiz ezgu ekanini tushunishgachgina faktlar va fikrlar bilan o‘rtoqlasha boshlashdi”, — deya ta’kidlaydi muallif Ozod Mas’ul.
Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, qamrovni oshirish maqsadida sifat masalasi e’tibordan chetda qolmoqda. Buning oqibatida 2026-yil fevral oyida 62 nafar bolaning ovqatdan zaharlanishi kabi achinarli holat yuzaga kelgan. Ayniqsa, soni keskin ortgan kichik oilaviy bog‘chalarda oziq-ovqat xavfsizligi va ta’lim sifatini nazorat qilish tizimi hali-hanuz oqsoqlanyapti.
Surishtiruvni batafsil o‘qish:
Oxirgi 10 yilda O‘zbekistonda bog‘chalar 8 baravarga ortib, ularning soni 39 mingdan oshdi. 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2015-yildagi 20,8 foizdan 2026-yil boshida 80 foizga yaqinlashdi.
Bir qarashda, bu – katta islohot va ulkan yutuq. Ammo yana bir muhim jihat – son ortishi sifatni ham kafolatlayapti-mi?
800 ming bola – hali ham qamrovdan tashqarida
O‘zbekistonda aholining tez o‘sishi maktabgacha ta’lim tizimiga katta bosim qilmoqda. 2015-yilda O‘zbekiston aholisi 31,5 mln nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yil boshida 38 mln.dan oshdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlarida 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bog‘cha yoshidagi bolalar soni 3,3 mln nafarga yetgan. Ularning 2,5 mln nafari bog‘chalarga jalb qilingan. Demak, taxminan 800 ming bola hali ham maktabgacha ta’limdan chetda qolmoqda. Aksariyat hududlarda bog‘chalar uchun navbatlar saqlanib kelmoqda.
Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini hududlar kesimida kuzatganda ham, notekis taqsimotning guvohi bo‘lamiz. 2026-yil boshida 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinishi respublika bo‘yicha o‘rtacha 78,0 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 64 foizni tashkil etadi. Surxondaryo viloyatida ham 70 foizga yetmaydi. Hududlar kesimida Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda. Hatto poytaxt Toshkent shahridan ham ilgarilab ketgan. Toshkent shahrida qamrov 79,2 foiz, Farg‘ona viloyatida esa, 86,7 foizga yetgan.
Farg‘ona viloyatida ko‘rsatkichlar 2015-yilda bor-yo‘g‘i 22,7 foizni tashkil etgan. Ammo oxirgi yillar qamrov katta tezlikda o‘sib borgan. Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 4341 MTTlari faoliyat qilib, jami 308 523 nafar bolalarni qamrab olgan.
Farg‘ona viloyatida oxirgi o‘n yil ichida bolalarning MTTlarga qamrab olinishi qariyb 4 baravarga oshishi nodavlat tashkilotlar hisobidan ta’minlangan. Maktabgacha ta’lim qamrovi asosan xususiy, oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar hisobidan yaxshilangan. Bunday tajriba mamlakatning boshqa hududlarida, jumladan qamrov eng past bo‘lgan Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham qo‘llanilmoqda. Ammo yetarlicha natija bermay kelmoqda.
“Soha islohotlari turli hududlarda turlicha natija berishi, shu hududlarning geografik joylashuvi va iqtisodiy imkoniyatlari hamda inson kapitaliga bog‘liq bo‘lib chiqyapti. Farg‘onada aholi zich yashashi hisobidan xususiy bog‘chalar tashkil etish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamoqda. Surxondaryo yoki Qashqadaryoda odamlar siyrak va aholi yashash nuqtalari tarqoq joylashganligi uchun xususiy yoki oilaviy bog‘chalar tashkil etish yaxshi samara bermadi”,- deydi soha mutaxassisi Eldor Aliyev.

Mamlakatda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi shahar va qishloq kesimida kuzatilganida ham farqiyat ko‘zga tashlanadi. O‘zbekistonda aholining qariyb yarmi qishloqlarda yashashiga qaramay, qishloq joylarda bog‘chalar shaharlarga nisbatan sezilarli darajada kam. 2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 18,6 million nafari (49%) qishloq joylarda va 19,3 million nafari (51%) esa shaharlarda istiqomat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi so‘nggi yillarda shahar-qishloq kesimidagi alohida qamrov ma’lumotlarini taqdim etmayotgani esa tahlilni qiyinlashtiradi. Ma’lumot ochiq bo‘lmagan joyda sifat va samaradorlikni baholash ham mushkul.
Ochiq manbalarda esa, 2022-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Bu ma’lumotlar ko‘rsatadiki, qishloqlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni shaharlarga nisbatan ancha kam.

Tizim xususiy sektor hisobidan kengaymoqda
2018-yilning 5-aprel sanasida maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorni ham jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli Qarori chiqarildi. Mazkur qarorda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 10 turdagi shakllari ko‘rsatilgan va ularga beriladigan imtiyoz va preferensiyalar belgilangan. Jumladan, O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq va yig‘imlardan ozod qilish, bojxona imtiyozlari, yer va binolarni imtiyozli berish, davlat subsidiyalari, imtiyozli kreditlar, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda yengilliklar kabilar qayd etilgan. Ushbu islohotlar natijasida 2018-yildan boshlab O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar rivojlana boshladi.
O‘zbekistonda hozirda to‘rt turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) faoliyat yuritmoqda. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 39 283 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Undan 7114 tasi davlat bog‘chalari, 32 169 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi. Nodavlat bog‘chalardan 29 ming 196 tasi oilaviy, 1240 tasi xususiy va 1 733 tasi DXSH asosidagi tashkilotlardir.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat organlari tomonidan boshqariladi va to‘liq davlat nazorati hamda moliyalashtirishi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ular yagona ta’lim standartlari va barqaror tizimga ega. Biroq aholi soni o‘sib borayotgan sharoitda bu tashkilotlarning qamrovi cheklangani sababli, bolalar yillab navbatda turib qolmoqda.
Xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari xususiy sektor tomonidan tashkil etilib, davlat litsenziyasi asosida tijorat faoliyati yuritadi. Ushbu MTTlarda xizmatlar sifati nisbatan yaxshi, zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar joriy etilgan. Ammo xizmat narxining yuqoriligi ayrim ijtimoiy qatlamlar uchun maktabgacha ta’limga kirish imkoniyatini cheklamoqda.
Farg‘ona shahrida istiqomat qilayotgan uch farzandning otasi Temur Sobirovning aytishicha, u bolalarini avval xususiy bog‘chaga bergan, ammo qaytib olishga majbur bo‘lgan.
“Xususiy bog‘chada har bir bolamizga oylik to‘lov bir milliondan, jami har oyi uch million to‘lashga to‘g‘ri kelar edi. Bu oila byudjetiga ta’sir qilib, biroz qiynalib qoldik. So‘ng ularni chiqarib olib, davlat bog‘chasiga joyladik. Davlat bog‘chasida to‘lov qariyb o‘n baravar arzonroq. Hozir har oyi 350 ming atrofida pul to‘laymiz”, - deydi suhbatdoshimiz.
Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tadbirkorlar yoki oilalar tomonidan o‘z uyida yoki moslashtirilgan binoda ochilgan bolalar bog‘chasi. Bu bog‘chalarni tadbirkor yoki oila boshqaradi, faoliyati esa soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bu MTTlar past xarajatli bo‘lib, mahalliy ehtiyojlarga moslashgani bilan ajralib turadi. Ammo qamrov hajmining cheklanganligi, bir bog‘chada 7 nafardan 50 nafargacha bolaga ruxsat berilishi ushbu shaklning cheklovlaridan biri.
Soha mutaxassisi Eldor Aliyevning biz bilan o‘zaro muloqotda aytishicha, “mamlakat bo‘ylab bunday bog‘chalar soni ko‘pligi sababli tegishli davlat organlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatish imkoniyati cheklangan. Bu bog‘chalarda tozalik, oziq-ovqat ta’minoti, ta’lim sifati kabilarni nazorat qilish tizimi mukammal yaratilmagan”.
So‘nggi yillarda rivojlanayotgan yana bir muhim yo‘nalish — davlat–xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. DXSH MTTlar davlat resurslari va xususiy sektor samaradorligini uyg‘unlashtirish orqali ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu tizimda huquqiy va boshqaruv jarayonlari xususiy va oilaviy bog‘chalarga qaraganda biroz murakkabroq.
Umuman olganda, maktabgacha ta’lim tizimidagi turli shakldagi MTTlar bir-birini to‘ldirgan holda ta’lim qamrovini kengaytirish, hududlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni kamaytirish va bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. Oxirgi yillarda bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi, asosan, nodavlat MTTlar hisobidan oshib kelmoqda. Ayniqsa, xususiy va oilaviy MTTlar soni va ularga jalb etilgan bolalar keskin ko‘paygan.
O‘zbekistonda bolalarning MTTlarga qamrovi nodavlat sektor tomonidan yangi tashkil etilayotgan bog‘chalar hisobidan ortib borayotganligi sababli, hududlar hamda shahar va qishloq orasida notekis taqsimot saqlanib qolmoqda. Xususiy bog‘chalar esa jozibador bo‘lgan markaz joylarda tashkil etilmoqda.
Soha mutaxassisi Eldor Aliyevning aytishicha, tegishli davlat organlari hududlar orasidagi notekis taqsimotni bartaraf etish uchun qo‘shimcha tadbirlar belgilamoqda.
“Aholi tarqoq joylashgan tumanlar va qishloqlarda bunday tashkilotlar tashkil qilishga havasmand bo‘lganlar kam topiladi. Chunki bu iqtisodiy jihatdan foydali emas. Shu sababli chekka qishloqlar chetda qolmoqda. Bu holatni bartaraf etish uchun hududlar bog‘cha bilan ta’minlanganlik holatiga qarab qizil, sariq va yashil hududlarga belgilanmoqda. Yangi bog‘cha ochishni istagan tadbirkorlarga yashil hududlar tavsiya etiladi. Tegishli davlat idoralari shu yo‘l bilan hududlar orasidagi notekis taqsimotni bartaraf etishni rejalashtirmoqda”, - deydi Aliyev.
Oziq-ovqat ta’minoti – strategik masala
Mamlakatda bog‘lar qamrovi kengayishi, bu sohadagi islohotlar son jihatidan yaxshi samara berayotganini ko‘rsatadi. Ammo tahlillar ko‘rsatadiki, sifat jihatidan kamchiliklar mavjud.
Jamoatchilik faoli Sharifa Madraximovaning aytishicha, bog‘chalarni nazorat qilish mexanizmi mukammal bo‘lmaganligi sababli muammolar yuzaga kelmoqda.
“Bog‘chalarga qamrovni oshirish uchun xususiy, jumladan oilaviy MMTlarga ruxsat etilganidan keyin kim bog‘cha ochishni istasa ijozatnoma berilaverdi. Ya’ni, songa e’tibor berildiyu, hech kim sifat haqida o‘ylamadi. Natijada, bolalarning bog‘chalarga qamrovi oshdi, ammo ularning tarbiya olayotgan sharoiti, kadrlar yetishmovchiligi, ta’lim darajasi va oziq-ovqat ta’minotida muammolar chiqmoqda. Soha mas’ullari hatto nisbatan yirik bo‘lgan davlat bog‘chalarini yetarlicha nazorat qila olmayapti. Endi o‘ylab ko‘ring, kichik-kichik oilaviy, ya’ni odamlar o‘z uyida tashkil qilgan bog‘chalarni nazorat qilish qanchalik qiyin. Shu yilning 20-fevral kuni 62 nafar bolalarning ovqatdan zaharlanib, bemorxonaga tushishi ham so‘zimizning isboti. Bolalarga har kuni beriladigan ovqat haqida gap ketyapti. Hali ularga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning sifatini aytmayapman. Ta’lim sifati haqida gapirib o‘tirmasak ham bo‘ladi”, - deydi Madraximova.
Bolalar shifokori Muazzam Ibrohimova fikricha, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar oziqlanishi xavfsizligi masalasini milliy darajada ko‘rib chiqish zarur.
“Bolalar ovqati tizimida xavfsizlik, sanitar nazorat va ilmiy yondashuv yetarli darajada emas va bu esa faqat bir hudud muammosi emas, balki kelajak avlod salomatligiga daxldor strategik masaladir. Bolalar oziqlanishi davlat sog‘liq siyosati tarkibiy qismi bo‘lishi shart. Har bir bog‘chada nutritsion nazorat tizimi joriy etilishi lozim”, deydi Ibrohimova.
Uning fikricha, bolalar nutritsiyasi bo‘yicha milliy standart va kodeks ishlab chiqish zarur.
“Bolalar nutritsiyasi bo‘yicha milliy konsepsiya qabul qilish lozim. Yana Barcha autsorsing kompaniyalar faoliyatini mustaqil auditdan o‘tkazib turish kerak. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida raqamli oziqlanish monitoring tizimini joriy etish zarur.
Bolalar taomidagi bir xato – millat sog‘ligidagi katta yo‘qotishdir. Bu masalaga tizimli, ilmiy va shaffof yondashuv orqali yechim topish mumkin”,-deydi M.Ibrohimova.
Tahlillar ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’limda qo‘llanilgan islohotlar natijasi o‘laroq bog‘chalarga qamrov ortib bormoqda. Ammo sifat masalasida hali muammolar mavjud. Davlat tomonidan sohani tizimli qo‘llab-quvvatlash, maqsadli dasturlarni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish eng muhim vazifalardan. Jumladan, xususiy va oilaviy bog‘chalarni rag‘batlantirish ijobiy natijalar bermoqda, ammo ular faoliyati ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish talab etiladi. Pedagoglar malakasini oshirish, oziqlanish xavfsizligini milliy standartlar asosida ta’minlash va shaffof statistik ma’lumotlarni e’lon qilish barqaror rivojlanish uchun zarurdir. Qishloq hududlariga maqsadli subsidiyalar joriy etish ham hududlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishga xizmat qiladi. Aks holda, tez sur’atlarda kengaygan tizim son jihatidan o‘sgan bo‘lsa-da, sifat masalasi qoloqligicha qolaveradi.
Ozod Mas’ul, Olim Hasanboyev