Yangiliklar

8-martdan keyingi xaridlar: Andijonda hokimlik ayollar uchun sovg‘alarni qanday xarid qilgan?

8-martdan keyingi xaridlar: Andijonda hokimlik ayollar uchun sovg‘alarni qanday xarid qilgan?
Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan do‘konlarda boshqa yangi tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona 2024-yil 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ziyofat uyushtirdi. Andijon hokimligi bilan 198 million so‘mlik shartnoma esa keyinchalik, ya’ni 2024-yil 20-martda imzolangan.
Shartnomada bayram aynan kim uchun uyushtirilgani keltirilmagan. Ammo ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, 700 dona idish-tovoq sovg‘a to‘plamlari (har biri 77 ming so‘mdan) sotib olingan. Xizmatlarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.
Tadbirni tashkil etish bilan Biss Expo Business shug‘ullangan. Kompaniyaning ustav kapitali – 10 million so‘m, yagona ta’sischisi – Asqarova Gavxaroy Mirzayevna (100%).

Kompaniyaning ushbu shartnomadan tashqari yana ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomasi ham bor, bular Oltinko‘l tumani obodonlashtirish bo‘limiga 300 ta yoritgich yetkazib berish (300 mln so‘m) va Izboskan tumani obodonlashtirish bo‘limiga kuch kabellari yetkazib berish (100 mln so‘m).
Birinchi marta emas
Bu, hokimiyat tomonidan 8-mart uchun xaridlarning o‘tgan sana bilan amalga oshirilishining birinchi holati emas. Bunday holat 2023-yilda Jizzax viloyatida ham kuzatilgan edi – o‘shanda ma’muriyat tomonidan 455 dona ayollar sumkasi, ikkita chinni idishlar to‘plami, shokolad kolleksiyasi va 55 ta oshxona anjomlari to‘plami xarid qilingan.
Jizzax viloyati hokimligi hisobchisi mazkur lot ‘E-tender.uzex.uz’ portaliga kechroq yuklanganini ma’lum qilgan. OAV muxbirining “Ayollarga sovg‘alar bayramdan 21 kun o‘tib berilganmi?” degan savoliga hisobchi “Ha” deb javob bergan.
O‘shanda OAV tenderda g‘olib chiqqan “Mubina-Munisa Kapital” MCHJ rahbari Mayxonoy Odilova bilan bog‘lanib, vaziyatni izohlashni so‘raydi: “Ko‘rsatilgan maxsulotlarni biz avvalroq yetkazib berganmiz”, – degan u.
Nima uchun davlat xaridlarini o‘tgan sana bilan rasmiylashtirish noto‘g‘ri?
Davlat xaridlarini o‘tgan sana bilan amalga oshirish – bu shunchaki byurokratik beparvolik emas, balki yashirin korrupsiya usullaridan biridir. Bu amaliyotning oldini olish uchun xizmatlar ko‘rsatilgandan yoki tovarlar yetkazib berilgandan keyin shartnoma rasmiylashtirishni imkonsiz qiladigan tizimli chora-tadbirlarni joriy etish zarur.
Zarur chora-tadbirlar:
  • Xizmatlar ko‘rsatilgandan yoki tovarlar yetkazib berilgandan keyin imzolangan shartnomalar avtomatik ravishda yaroqsizligini qonunchilikda mustahkamlab qo‘yish;
  • Bunday shartnomalarni imzolagan yoki tasdiqlagan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy va ma’muriy javobgarlikni joriy etish;
  • Ish boshlanish sanasi imzolangan sanadan oldin ko‘rsatilgan shartnomalarni avtomatik ravishda rad etuvchi mexanizmlarni joriy etish;
  • Xaridlari yakunlangandan so‘ng tasodifiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish;
  • Shartnoma imzolanishidan oldin xizmat ko‘rsatishga rozi bo‘lgan kompaniyalarni qora ro‘yxatga kiritish.
Ukrainada Prozorro - ommaviy xaridlarning elektron tizimi mavjud: unda barcha shartnomalar xizmat ko‘rsatish boshlanishidan oldin imzolanishi va e‘lon qilinishi kerak.
“Ayolga ehtirom” haftaligi
Joriy yilning 3-10- mart kunlari O‘zbekistonda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagishlangan “Ayolga hurmat” haftaligi bo‘lib o‘tadi. Ushbu aksiya doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tibbiy ko‘riklar, tikuvchilik va pazandachilik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.
Faol ayollar bunday haftalikni tanqid qilib, unga javoban erkaklar uchun o‘xshash hajviy tadbir o‘tkazishni taklif qilishdi.
Dana Oparina
EGED