Kurashish - g‘alaba qozonish degani emas: O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ishlarining samaradorligi qanday baholanadi
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati bo‘yicha baholash reytingini taqdim etdi.
Eng yuqori baho — 100 balldan 96 ballni — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (NKMK) oldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O‘zbekiston Markaziy banki egalladi.
Yoshlar ishlari agentligi, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Madaniy meros agentligi o‘z mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi.
Shu bilan birga, to‘qqizta muassasa qoniqarsiz baho oldi. Eng past natijalarni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi ko‘rsatdi.
Agentlik tomonidan reyting ilk bor e’lon qilingan 2022-yilda hokimliklar, vazirliklar, idora va davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan korxonalar faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar "E-Anticor.uz" idoralararo platformasidagi "E-Antikorrupsiya" raqamli loyihasining 29 ta ko’rsatkichi bo‘yicha baholangan.
«Yaxshi» natijalarni ko‘rsatgan tashkilotlarning tajribasini boshqa tashkilotlarda joriy qilish rejalashtirilgan. «Qoniqarli» baho olgan davlat organlari esa korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar olishlari kerak. Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyoti «qoniqarsiz» deb baholangan davlat organlari uchun kamchiliklarni bartaraf etish va ularning faoliyatini yaxshilash dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgandi. Rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida tinglanishi kerak edi.
Iqtisodchi Yuliy Yusupovning fikricha, reyting umuman olganda foydali, biroq u faqat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha rasmiy faoliyat ko‘rsatkichlari bilan cheklangan. Quyidagi jihatlarni baholash va kuzatishga harakat qilish muhim va zarur:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqish va o‘z vaqtida yangilab borish.
- Korrupsiyaga qarshi kurashishning ichki idoraviy mexanizmlarini joriy etish.
- Korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini ko’rsatuvchi harakatlarning mavjudligi.
- Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki tartib-qoidalardan xabardorligi, ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Aholining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi.
“Reytingning bunday ko’rinishi korrupsiyaning asl darajasi haqida emas, balki unga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot beradi. Bu choralarning qanchalik samarali ekani esa deyarli yoritilmagan,” — deya ta’kidlaydi iqtisodchi.
Uning aytishicha, korrupsiyaning haqiqiy darajasini baholash uchun quyidagi chora-tadbirlar zarur:
- aholi va korxonalar o’rtasida anonim tarzda va o’zining xolisligiga shubha tug‘dirmaydigan so‘rovlarini o‘tkazish;
- fosh etilgan korrupsion jinoyatlarning ko‘lamini sohalar kesimida tahlil qilish.
Jurnalist Nikita Makarenko reytingni "qo‘rqinchli" deb atadi, chunki Davlat ekologik ekspertiza markazi va boshqa tashkilotlar "qizil" zonaga tushib qolgan.
"Demak, ekologik ekspertizani ham, sud qarorini ham sotib olish, hatto istalgan dori vositasini bozorga chiqarish mumkin ekan. G‘aznachilik haqida umuman gapirmayman ham. Uning butun mazmuni davlat mablag‘larining talon-taroj qilinishining oldini olishdir," - deb yozdi u.
Yuliy Yusupovning fikricha, ro‘yxatning oxirida joylashgan idoralar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha rasmiy talablar borasida boshqalarga qaraganda kamroq harakat qilmoqda. - “Bundan boshqa hech narsa”, - deya xulosa qildi u.
Dana Oparina