Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli bolalar bog‘chasida 2 kun, ya’ni 2- va 5-may kunlari bolalarga go‘shtsiz ovqatlar berilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining viloyat boshqarmasi ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani, muassasa ma’muriyati esa tuman boshqarmasiga o‘z vaqtida xabar bermaganini ma’lum qilgan.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar bog‘chasiga go‘sht aprel oyidan beri “Tabassum iqbol ta’minot” MCHJ tomonidan yetkazib berilgan, biroq 1-maydan boshlab kompaniya yetkazib berishni to‘xtatgan. 1-may kuni bog‘chada qolgan 3,2 kg mol go‘shti va 12 kg tovuq go‘shtidan 193 nafar bolaga taom pishirilgan. Boshqarmaning ma’lum qilishicha, direktor, hamshira va omborchi - tuman bo‘limiga yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma xabarnoma yubormagan.
5-may kuni kechqurun “Nurli yo‘l laylo market” xususiy korxonasi go‘sht yetkazib bergan va 6-maydan boshlab bolalarning ovqatlanishi yana to‘laqonli bo‘ldi, deya ta’kidladi boshqarma.
Shu bilan birga, davlat xaridlari portali ma’lumotlari tahlilidan yana kamida bitta kompaniya ushbu bog‘chaga go‘sht yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi. Shunday qilib, 14-aprel kuni “Tabassum iqbol ta’minot” MCHJ bolalar bog‘chasi bilan 1115 kg mol go‘shtini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Shu kunning o‘zida “Nurli yo‘l laylo market” bilan ham 1750 kg mol go‘shti yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Aynan shu korxona 2-may kuni yana shuncha miqdordagi mol go‘shti uchun shartnoma imzolagan.
29-aprel kuni “SHERBOEV MURODULLO CHORVASI” fermer xo‘jaligi bilan 3833 kg mol go‘shti yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Ma’lumot uchun, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha amaldagi gigiyenik talablarga muvofiq, 1-3 yoshdagi bolalar kuniga o‘rtacha 60/45-80/60 gramm go‘sht (mol, qo‘y, parranda va quyon go‘shti) va 20 gramm tozalangan baliq iste’mol qilishlari lozim. 3-7 yoshdagi bolalar esa kuniga 80/60-90/65 gramm go‘sht va 20-25 gramm tozalangan baliq iste’mol qilishlari kerak.
8-may kuni biz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga quyidagi savollar bilan murojaat yo‘lladik, lekin hozircha javob olmadik:
- Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli bolalar bog‘chasiga 2025-yilning yanvar- may oylarida davlat xaridlari doirasida nechta go‘sht mahsulotlari yetkazib beruvchi tashkilot rasman xizmat ko‘rsatishga jalb etilgan?
- Ushbu yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan har bir shartnomaning amal qilish muddati qancha edi va ularning har biri qaysi turdagi go‘shtni yetkazib bergan?
- Nima uchun “Tabassum Iqbol Ta’minot” MChJdan tashqari boshqa ta’minotchilarning go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishlari bog‘chaning may oyidagi ehtiyojini qoplay olmadi? Axir aprel oyida va may oyining boshida mol go‘shti yetkazib berish bo‘yicha yana ikkita ta’minotchi bilan uchta shartnoma imzolangan edi.
- Asosiy pudratchi ish faoliyatini to‘xtatgan taqdirda zaxira ta’minoti yoki muqobil yetkazib beruvchi tizimi ko‘zda tutilganmi?
Dana Oparina