O‘zbekistonda tadbirkorlar soni va "Tashabbusli byudjet"dagi faollik o‘rtasida yuqori bog‘liqlik aniqlandi. Aksincha, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda tashabbus past bo‘ladi. Eng muvaffaqiyatli loyihalar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida bo‘lgan. Eng faol hududlar esa aholining xabardorlik darajasi yuqori bo‘lgan shaharlar hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xodimi Furqat Yunusov yozmoqda.
Jamiyatning hokimiyat organlariga ishonchini mustahkamlash
Yaqinda Indoneziyada o‘tkazilgan tadqiqotlar, tashabbusli byudjet davlat xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynashini tasdiqladi.
"Tashabbusli byudjet" mexanizmi fuqarolarga davlat resurslarini taqsimlashda ishtirok etish imkonini beradi, bu esa byudjet jarayonining yanada shaffof bo‘lishiga va jamiyatning hokimiyat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirkorlar qancha ko‘p bo‘lsa, amalga oshirilgan tashabbuslar ham shuncha ko‘p bo‘ladi
Tadqiqotchining ta’kidlashicha, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tadbirkorlar soni va amalga oshirilgan tashabbusli loyihalar soni o‘rtasida yuqori ijobiy korrelyatsia mavjud (mos ravishda - 0,87, 0,85 va 0,84). Bu jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda biznes hamjamiyatining muhim rolini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax va Surxondaryoda loyihalar uchun berilgan ovozlar soni bo‘yicha yuqori fuqarolik faolligi qayd etildi.
Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda tashabbuskorlik kamroq bo‘ladi
Shu bilan birga, tahlillar zaif tomonlarni ham ko‘rsatmoqda. Yunusovning tadqiqotiga ko‘ra, ishsizlik darajasi va g‘olib loyihalar soni o‘rtasidagi salbiy korrelyatsiya (-0,35) ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda tashabbuskorlikning pasayganligidan dalolat beradi.
Shaharlarda loyihalarning muvaffaqiyatiga tadbirkorlik faolligi va ishsizlik darajasi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, qishloq joylarda esa aholi soni asosiy omil hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar eng muvaffaqiyatli hisoblanmoqda
Mavzularga kelsak, sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslar eng muvaffaqiyatli bo‘ldi - tibbiyot muassasalarini ta’mirlash loyihalari eng yuqori muvaffaqiyat indeksini ko‘rsatdi (26,0). Oliy ta’lim muassasalari (20,4 ta) va umumta’lim maktablarini ta’mirlash (17,7 ta) bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar mavjud. Shu bilan birga, yo‘llarni ta’mirlash va hududlarni obodonlashtirish loyihalari o‘rtacha yoki past darajadagi samaradorlikni ko‘rsatdi.
G‘olib mahallalar maslahatchi sifatida
Yunusov quyidagilarni taklif qildi:
Dana Oparina

- Har bir hudud uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va loyihalar mavzularini diversifikatsiya qilish choralarini ko‘rish.
- Tibbiyot muassasalari infratuzilmasini yaxshilash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish va bu yo‘nalishni ustuvor etib belgilash, shuningdek, umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarini ta’mirlashga e’tiborni kuchaytirish.
- Yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va sport loyihalariga qiziqishni oshirish:
- Loyihalari g‘olib bo‘lmagan mahallalar ishtirokini rag‘batlantirish va ular uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni joriy etish.
- Barcha mahallalarni qamrab olish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan avvalgi turlarda g‘olib bo‘lmagan mahallalar loyihalarini moliyalashtirishni kafolatlaydigan rotatsiya tizimini joriy etish. Bunday mexanizm har bir mahallaning o‘z tashabbuslarini 2-3 yilda amalga oshirish imkonini beradi.
- Loyihada ikki marta g‘olib bo‘lgan mahallalarni rag‘batlantirish, shu bilan birga, boshqa mahallalarga imkoniyat berish uchun ularga ishtirok etish uchun vaqtincha tanaffus berish. Bunday mahallalarga ixtiyoriy ravishda boshqa mahallalarga maslahat va mentorlik yordami ko‘rsatish imkoniyatini taklif qilish.
Dana Oparina