2026-yil 30-aprel
Interaktiv ko'rgazma: loyiha doirasidagi barcha grant oluvchilarning videolari, longridlari va maxsus loyihalarini namoyish etish.
Loyiha boʻyicha yakuniy taqdimot: asosiy raqamlar (qamrov, o'qitilgan mutaxassislar) va gender mavzularining yoritilishidagi sifat oʻzgarishlari.
Platformaning bir yillik faoliyati boʻyicha batafsil tahlil: Ekspertlar bazasi milliy OAVdagi kontent inklyuzivligiga qanday ta'sir ko'rsatdi?
Eng muvaffaqiyatli 5 ta jamoaning taqdimotlari (Ayollar NNTlari grant sohiblari: stereotiplarni yengib o'tish va amalga oshirilgan kampaniyalar natijalari haqida hikoyalar).
Eng muvaffaqiyatli 5 ta jamoaning taqdimotlari (Yoshlar NNTlari: yaratilgan media-mahsulotlar taqdimoti).
Loyiha davomida joriy etilgan dezinformatsiyaga qarshi kurashish usullarining barqarorligi muhokamasi.
«Bo'lish erkinligi. So'zlash erkinligi» Human House galereyasi bilan hamkorlikdagi namoyish-performans: jurnalistlar, ekspertlar va hamjamiyat vakillari model sifatida ishtirok etadilar.
2026-yil 1-may
Bosh muharrirlar bilan qo'shma sessiya: "So'z erkinligi va inklyuzivlik zamonaviy jurnalistika standartlari sifatida".
Loyiha ishtirokchilarining o'tgan yillar Alumni tarmog'i bilan uchrashuvi: hamjamiyat rejalarini muhokama qilish.
Ekspress-so'rov va auditoriya hamda ekspertlar ishtirokida "brainstorming": erishilgan natijalarni qanday rivojlantirish va uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlash masalalarini muhokama qilish.
O'zbekiston media qonunchiligi: jurnalistlar huquqlarini himoya qilish va OAVning oʻzini o'zi tartibga solishi.
"Raqamli huquq va sud amaliyoti". Tarmoqdagi diffamatsiya, kontent uchun javobgarlik, shaxsga doir ma'lumotlar himoyasi va 2025-2026-yillardagi sud pretsedentlari.
Forumning yopilishi.